5 soniya mobaynida Yer sayyorasida KISLAROD bo'lmasa nima bo'ladi? | Teacheruzb.uz

5 soniya mobaynida Yer sayyorasida KISLAROD bo’lmasa nima bo’ladi?

Tasavvur qilaylik agar yer  sayyorasida kislarod tugab qolsa, umurbot emas aytaylik 5 soniyaga. Nafas olmasdan turaolasizmi? Atmosfera nima bo’ladi? Atrof muhit bilan nima sodir bo’ladi?

Siz bilan What If dasturi, agar yer sayyorasida kislarod 5 soniya davomida yo’q bo’lib qolsa nima sodir bo’ladi savoliga birgalikda javob qidiramiz.

Chuqurroq nafas oling. Qanchalik yaxshi ekanini hes qilyapsizmi? Siz nafas olayotgan narsa kislorod bo’lib, u bizning atmosferamizning taxminan 21% ni egallaydi, 78% azotdan iborat.

Garchi bu bizning atmosferamizdagi eng ko’p tarqalgan gaz bo’lmasa-da, ammo eng muhimi hissoblanadi. Kislorodsiz o’simliklar, hayvonlar, suv va biz insonlar hozirgi holatimizda bo’lmas edik.

5 soniya kislorodsiz qolish bu umuman ko’p vaqtga o’xshamasligi mumkin.  

Ko’pchiligimiz nafas olmasdan kamida 30 soniya turaolamiz, shu sababli bu sizning tanangiz uchun tez sodir bo’lgandek tuyuladi. Sizning nafas olishingiz aslida normal holatida qoladi. Ammo boshqa narsalarga kelsak? Unchalik emas.

Atiga 5 soniya ichida yer butunlay boshqacha ko’rinishga ega bo’lar edi. Kislorodsiz siz Hoover to’g’oni, Pantheon gumbazi va betondan yasalgan boshqa narsalar bilan xayrlashishingiz mumkin. Ushbu inshoatlar bir zumda qulab tushar edi.

Kislorod beton bilan biriktiruvchi maxsus vosita vazifasini bajaradi. Unsiz beton shunchaki changdir.

Binolar haqida gapirganda, har qanday ishlov berilmagan metall bir zumda birlashtirilishi mumkin. Buning sababi shundaki, metallarda oksidlanish qatlami mavjud bo’lib, ular birgalikda payvandlashlariga to’sqinlik qiladi. Ushbu qatlamsiz metallar zudlik bilan bir-biriga bog’lanib qoladi.

Agar siz tasodifan o’sha paytda plyajda dam olayotgan bo’lsangiz, qattiq quyosh urishiga tayyor bo’ling.

Ozon qatlami, bizni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishi kislorodga bog’liq. Chunki o’zaro bo’glangan  3 ta kislarod atomi Ozon qatlamini hosil qiladi. Agar kislarod bo’lmasa Bizni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan hech narsa qolmagan va yer yuzasi juda ham qizib ketgan bo’lardi.

Quyosh urishidan tashqari, bizning quloqlarimiz ichida ham portlash sodir bo’lar edi. Kislorodni yo’qotish biz uchun havo bosimimizning 21 foizini yo’qotishni anglatadi.

Havo bosimining keskin o’zgarishi bizni bir zumda gengizning 2000 metr tubida bo’lib qolishimizga tengdir. Bu esa Bizning quloqlarimiz moslashishi uchun etarli vaqt emas.

Unchalik vaximali emas ekanku deyapsizmi?  Unda bu hali hammasi emas.

Kislorodsiz olov  – transport vositalarida yonish jarayoni sodir bo’lmaydi. Elektr bo’lmagan har qanday transport turi avtomatik ravishda ishlamay qoladi.

Osmondan samolyotlar qulay boshlaydi, millionlab mashinalar o’z yo’llarida to’xtab qoladi.

Osmon butunlay qorong’i bo’lar edi. Quyoshdan kelayotgan yorug’lik yerga urilishidan oldin havodagi bir necha zarrachalarni kesib o’tadi. Atmosferada kislorod bo’lmasa, quyosh nuri kesib o’tishi uchun deyarli hech narsa bo’lmaydi va natijada osmon qorong’u bo’lib ko’rinadi… deyarli qora…

Shuningdek bularning barchasi sodir bo’lgnda, Yer po’stlog’i butunlay parchalanadi. Buning sababi shundaki, Yer qobig’ining 45% kisloroddan iborat ekanligidir.

Kislarotsiz yer yuzasida deyarli hechnarsa qolmagan bo’lar edi. Qobiq parchalanib ketar va hechnarsa qolmaguncha qulashda davom etar, sizni va sayyoradagi barcha odamlerni qulashgalariga sabbab bo’lar edi.

Qiziqarlimi?

Ehtimol yo’q.

Ammo baxtga ko’ra, bu hech qachon sodir bo’lmasligini bilib, 21% kisloroddan chuqur nafas olishingiz mumkin.

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *