Agar VAQTNI to'xtata olganingizda nima bo'lar edi? | Teacheruzb.uz

Agar VAQTNI to’xtata olganingizda nima bo’lar edi?

Agar sizda o’zingizdan boshqa barcha narsalar uchun vaqtni to’xtatishga mo’ljallangan qurilma bo’lganida, albatta hayotingiz siz kutgandek emas, aksincha siz xoxlagandek bo’lar edi. Shuningdek, uxlab qoldim degan baxonaga o’rin qolmagan bo’lardi yoki banklarni muammosiz talontaroj qilishda qo’l kelardi, yoki imtihonlarda ham anchagina yordam bergan bo’lardi.
Buning o’rniga esa siz ko’r, kar va birorta ham mushakaringizni harakatga keltirolmaydigan bo’lib qolar edingiz.

Ana xolos hammasi sarob bo’ldi! Nega axir?

Sizlar bilan What If dasturi. Va buyerda vaqtni to’xtata olsangiz nima bo’ladi so’rog’iga birgalikda javob qidiramiz.
Biz fizikadan bilamizki, tezlik masofani vaqtga bo’lganda, vaqt esa masofani tezlikka bo’lganda tenglashtiradi. Vaqtni nolga tenglashtirish uchun esa siz cheksiz tezlik bilan harakatlanishingiz kerak bo’ladi.

Biz yorug’lik tezligini yengolmasligimiz sababli, fizika qonunlarini buzmasdan vaqtni to’xtatishning iloji yo’q. Keling iloji yo’q degan fikrni chetlab o’tamiz va vaqtni qandaydir tarzda to’xtatish mumkinligini tasavvur qilamiz. Agar vaqtni to’xtatish mumkin bo’lganda Nima bo’lar edi? 
ALBATTA HECH NARSA.
Odamlar harakatlanishdan, suv esa oqishdan to’xtar edi, barcha malekulalar o’z holicha qolgan bo’lardi.

Qiziqarlisi siz vaqt to’xtaganini ham sezmasdingiz chunki sizning nerv to’qimalaringiz ham harakatlanishdan to’xtagan bo’lar edi.
Albatta bu juda zerikarli…

Keling senarimizga ozroq o’zgartirish kiritamiz. Agar to’xtatish tugmasini bosadigan faqat siz bo’lsangiz nima sodir bo’lardi?
Vaqtni to’xtatish qobiliyati sizda juda yoqimsiz va yomon ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, siz hech narsani ko’raolmaysiz. Buning sababi shundaki, vaqt to’xtaganda fotonlar ham to’xtaydi – yorug’lik zarralari odatda yorug’lik tezligida harakat qiladi.
Hattoki siz hech narsani eshitmaysiz ham, chunki tovush to’lqinlari havo orqali harakatlanib quloq pardalariga urilishdan to’xtaydi. Siz harakatsiz malekulalar orasida qolib hattoki barmog’ingizni ham qimirlata olmaysiz.

Kislorod molekulalarini o’pkangizga tushirishga qodir emasligingizni anglaganingizdan keyin bu yanada yomonlashadi. Ko’zi ojiz, kar va bo’g’ilib qolgan – umid qilamanki, siz hayotdan ko’z yumguningizcha vaqtni qayta tiklaysiz.
Keling noxush fikirlardan qutilish uchun biz yana bir o’zgartirish kiritamiz. Bu safar sizni atrofingizni qobiq o’rab olgan, va uning ichida hali ham vaqt davom etayotgan bo’lsin.

Shuningdek, siz atrofingizdagi vaqt bo’shlig’iga ta’sir qilila oladigan bo’lasiz. Bu sizga harakatlanish va nafas olish imkonini beradi. Afsuski Siz hali ham qobiqdan tashqarida hech narsa eshita olmaysiz.

Ko’rish qobilyatingizchi bu haqda nimadeyish mumkin?  Siz yurishingiz va yorug’liklarni qabul qilishingiz mumkin. Ammo sizning miyyangiz ushbu ma’lumotlarning birortasini ham saqlab qololmaydi. Hammasi xotiradan o’chib ketadi. Xo’sh, vaqtni to’xtatish o’rniga uni shunchaki sekinlashtirsangiz nima bo’ladi? Agar siz yorug’likni sekinlashtirsangiz, u infraqizil mikroto’lqinlar sohasiga o’tadi. Bu sizning ko’zingizga yetib borishi bilan birga, ko’rinmas bo’lib qolar edi.

Xuddi shu narsa tovush to’lqinlari uchun ham amal qiladi – ular inson eshitish doirasidan pastroq chastotaga tushib ketiadi. Vaqtini to’xtatish amalda isbotini topmagan.

Ehtimol, o’tmishga qaytish yaxshi variant bo’lishi mumkin. Ammo bu WHAT IF dasturining boshqa bir hikoyasi

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *