Analog signallar bilan ishlay oladigan raz’yom — VGA. | Teacheruzb.uz

Analog signallar bilan ishlay oladigan raz’yom — VGA.

VGA(Video Graphics Array) – 15 ta pinlik, 3 qator qilib joylashgan, analog signallar bilan ishlay oladigan, IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan raz’yom hisoblanadi. Bu raz’yom HD D-Sub deb ham nomlanib, 1987 yillarda ishlab chiqila boshlangan.

Analog signallardan tashkil topgan ma’lumotlar ekranga qatorma-qator chiqadi va u kuchlanishga bog‘liq bo‘ladi, bu degani kuchlanish juda kichik o‘zgarsa ham ekrandagi tasvirlarning yarqinligi o‘zgaradi(odatiy kuchlanish 0.7-1 V).

Dastlab VGA raz’yomi matnli rejimda 720×400 pikselni ta’minlay olgan, grafik rejimda esa yoki 640×480(16 ta rang) yoki 320×200(256 ta rang) pikselni ta’minlagan. Keyinchalik bu raz’yomning yangi SVGA, 8514/A, XGA nomli standartlari chiqib, piksellar va ranglar soni ko‘paytirilgan.

Hozirgi kunga kelib VGA porti o‘z obro‘sini yo‘qotib bormoqda, uning o‘rniga raqamli signallar bilan ishlay oladigan HDMI (HDMI haqida o’qish), DVI (DVI haqida o’qish) raz’yomli portlar yangi texnik qurilmalarga o‘rnatilmoqda. Gigant texnika ishlab chiqaradigan Intel va AMD firmalari 2015 yilga borib, bu raz’yomli portdan butunlay voz kechishmoqchi. Shunga qaramasdan, ko‘p texnik qurilmalar (televizor, kompyuter, DVD qurilmalari, proyektor) ikkala port(VGA, HDMI)ni o‘rnatishni ma’qul ko‘rishmoqda.

VGA porti shunday rivojlanib kettiki, oddiy kompyuter foydalanuvchisi monitor qaysi port orqali ulanganini farqiga bormay qoldi. Analog signallar ham raqamli signallar kabi tiniq ko‘rsata boshladi. Shuning uchun LCD televizorlari ham ikkala portda ishlay oladigan qilib yaratilmoqda, eski kompyuterlarni ham televizorga ulash imkonini yaratish uchun. Raqamli signallar bilan ishlay oladigan portlar asosan, grafikalar va video montaj ishlarini amalga oshiradiganlar uchun dolzarb bo‘lib qoldi.

Raqamli va analog signallarni birlashtirish uchun, ya’ni DVI va VGA raz’yomlarini bir biriga ulash uchun “переходник”lar ham ishlab chiqila boshlandi va keng foydalanib kelinmoqda. Bu “переходник” lar signallarni bir turdan ikkinchisiga o‘tkazmaydi, balki raqamli raz’yomli portlar analog signallar bilan ham ishlay oladigan qilib yaratildi.

Quyidagi jadvalda VGA razyomini barcha 15 ta pini nima uchun xizmat qilishi keltirilgan.

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *