Antivirus Kasperskiy — Yevgeniy Kasperskiy haqida siz bilmagan faktlar. | Teacheruzb.uz

Antivirus Kasperskiy — Yevgeniy Kasperskiy haqida siz bilmagan faktlar.

Antivirus Kasperskiy — Yevgeniy Kasperskiy
  • Evgeniy Valentinovich Kasperskiy 1965 yil 4 oktyabrda Novorossiysk shahrida tug’ilgan.
  • 1982 yil MGU qoshidagiA.N.Kolmogorova nomli fizika-matematikaga yo’naltirilgan maktab- internatini bitirgan.
  • 1987 yil Evgeniy kriptografiya, aloqa va informatika universitetini tamomlagan.
  • 1991 yilgacha Mudofaa vazirligiga qarashli ko’p profilli ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
  • 1989 yili Evgeniy o’z kompyuterida “Cascade” nomli dastlabki virusni aniqlaydi va unga qarshi kichik dasturcha(virusni tuzatuvchi modul) tuzadi.
  • 1991 yildan u “Kami” nomli kompaniyada faoliyatini davom ettiradi. Bu kompaniya «Antiviral Toolkit Pro» («AVP») nomli antivirus loyihasini yaratish bilan shug’ullanar edi. Bu loyiha Antivirus Kasperskiy ning prototipi (nusxasi) edi.
  • 1997 yil Evgeniy Kasperskiy va uning bir necha hamkasblari alohida bo’lib chiqishadi va Evgeniy boshchiligida “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasini ochishadi.
  • 2007 yildan, Evgeniy Kasperskiy bu firmaning bosh direktori lavozimini egallaydi.
  • 2007 yil Kasperskiy «Tarmoq(сеть)» nomli filmida rus xakeri rolini ijro etadi.
  • 2009 yil rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasida yig’ilish tashkil qiladi va u yerda Evgeniy o’z dokladi bilan ishtrok etadi. Shundan so’ng prezident kompaniya bo’ylab ekskursiya uyushtiradi. Server xonalarni, virus labaratoriyalarni, antiviruslarni testlovchi xonalarni ko’zdan kechiradi va bu soha juda qiziqligini ta’kidlab o’tadi.
  • 2009 yil 4 iyunda ilm va texnologiya sohasida Rossiya Federastiyasi davlat premiyasini qo’lga kiritadi. Mukofot puli 5 mln rubl edi. U mukofot pulini hammasini o’zi tahsil olgan A.N.Kolmogorova nomidagi fizika-matematika maktab-internatiga o’tkazadi.
  • Kasperskiy – Kompyuter viruslari sohasining eng buyuk ekspertlarini o’zida jamlagan kompyuter viruslari tadqiqotchilari tashkiloti(SARO) ning a’zosi.
  • Evgeniy Rossiya feaderastiyasi jamoatchilik palatasining a’zosi.
  • Evgeniy 2010 yil avgust oyidan ”Skolkovo”  innovastion  markazining ilmiy  maslahatkengashi tarkibiga kirdi
  • Evgeniy Kasperskiy 2010 yil SC Magazine Europe jurnali tomonidan “Yil boshlig’i” nomiga ega bo’ldi.
  • 2011 yili Fobes jurnali Kasperskiyning boyligini 800 mln dollar deb baholadi. Bu eng boy rossiya biznesmenlarining 200 taligidagi 125 o’rindir. 2012 yil uchun 139 o’rin.
  • Evgeniy ikkinchi marotaba uylangan bo’lib, birinchi xotinidan 2 o’g’il farzandi(Maksim, Ivan) bor. Birinchi xotini “Laboratoriya Kasperskiy” kompaniyasining asoschilaridan biri va direktor maslahatchisi lavozimida ishlagan.
  • Evgeniy Kasperskiy sharofati bilan hozirda Gollandiya va Braziliya qamoqxonalarida kiber jinoyatchilar yotishibdi. Bular to’g’risida Kasperskiy g’urur bilan gapiradi.
  • Kasperskiyga internet-pasport g’oyasi taaluqlidir, ya’ni siz internetda o’tirasiz, agar biror xavfli harakat qilsangiz, o’z harakatingizga javob berasiz.
  • Uning xobbisi baydarkada suzish va o’zining ishidir. U “mening ishim mening xobbiyimdir, mening xobbiyim mening ishimdir” deydi.
  • 2011 yil 19 aprelda Evgeniy Kasperskiyni Ivan(20 yoshda edi) nomli o’g’liniInfowatch(onasi shu firma direktori edi) firmasi yonida o’g’irlab ketishadi. Ivan bu firmada programmist bo’lib ishlar edi. Jinoyatchilar bu bola evaziga 3 mln evro so’rashadi. 2011 yil 24 aprelda Ivan Kasperskiy jinoyatchilardan ozod qilinadi.

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

//graizoah.com/afu.php?zoneid=3533297