HDD haqida boshlang’ich ma’lumotlar. | Teacheruzb.uz

HDD haqida boshlang’ich ma’lumotlar.

HDD – kompyuterda, ma’lumotlarni saqlovchi xotira qurilmasidir. Bu so‘z ingliz tilidan olingan bo‘lib Hard Disk Drive(Qattiq disk) deb yuritiladi. Bu qurilmaning quyidagi boshqa nomlari ham mavjud: vinchester, vint, xard, qattiq disk.

Bu qurilma kompyuter ichida joylashgan bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi, vinchester ichidagi axborotlar, ma’lumotlar deb yuritiladi. Ma’lumotlar vinchesterda ma’lum bir fayl tizimlarida saqlanadi va fayl ko‘rinishida bo‘ladi.

HDD – kompyuter xotira qurilmasi bo‘lib, operativ xotiradan farq qiladi. Bu ikki xotira turini almashtirib yubormaslik kerak. Qattiq disk(HDD) energiyaga tobe qurilma hisoblanmaydi, operativ xotira energiya manbaiga bog‘liqdir. Bu degani tok mavjud bo‘lmasa, operativ xotiradagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi, vinchesterdagi ma’lumotlar esa xotira qurilmasida turaveradi, lekin ikkala xotira qurilmasi ishlashi uchun elektr manbai zarurdir.

Qattiq disklar axborotni ancha tez saqlab qoladilar va tiklaydilar. Ular sezgir qurilmadir. O‘qish- yozish asoslari havoning 0.000001 qalinlikdagi dyumidadir. Shunchalik ingichkaki, tutun zarrasi, barmoq izi, chang yoki odamning sochi uchning talofatiga olib keladi. Uchning talafoti o‘qish sathi, yozish uchi yoki uning sathidagi zarra magnitli disk sathi bilan aloqaga kirishganda sodir bo‘ladi. Uchning talofati- qattiq diskning ishsiz bo‘lib qolishi demakdir. Bu degani, diskdagi ayrim yoki barcha ma’lumotlar buzilib ketdi deganidir.

Hozirgi kunda quyidagi firmalar qattiq disk ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda:Fujitsu, Hitachi America, Ins, IBM, Quantum corporation, Segate technology, Maxtor corporation, Storage technology corporation, Western digital corporation, Samsung.

Dastlabki vinchesterlar hali shaxsiy kompyuterlar yaratilmasdan oldin,1957 yil IBM tomonidan ishlab chiqilgan va u 5 Mb xotiraga ega bo‘lgan, daxshatli narx evaziga sotilgan. Dastlabki shaxsiy kompyuter IBM PC XT bo‘lib, u uchun 10 megabaytlik qattiq disklar yaratilgan.

Qattiq diskni sotib olayotganda quyidagi asosiy parametrlariga e’tibor bering:

  • Interfeys. Qanday raz’yem orqali vinchesterni ishlashi. Qattiq diskning ishlash tezligi bir tomondan shu interfeysga ham bog‘liq, undan tashqari kompyuteringizdagi platada siz sotib olgan vinchester raz’yomi mavjud bo‘lishi kerak. Hozirda quyidagi raz’yemlar ishlatilmoqda:ATA(eskirgan), SATA(ommabop), eSATA, SCSI, Fibre Channel.
  • Qattiq disk hajmi. Bu parametr qattiq diskning asosiy ma’lumot saqlashi mumkin bo‘lgan joy hisoblanadi. Qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p ma’lumot sig‘adi, lekin katta hajmli vinchesterlarning aylanish tezligi ham katta bo‘ladi. Hozirda bir necha terrabaytga yaqin qattiq disklar sotuvda mavjuddir.
  • O‘lchami. Bu qattiq diskning qanday fizik o‘lchamdaligidir, bu o‘lcham qattiq disk ichidagi alyumin disk kattaligidir. Agar kompyuter ichiga ulanadigan ATA yoki SATA raz’yomligi kerak bo‘lsa, 3.5 dyumli qattiq diskni sotib olasiz, agar USB porti orqali ulanadigan tashqi qattiq disk kerak bo‘lsa, 2.5 dyumli qattiq diskni sotib olasiz.
  • Diskning aylanish vaqti. Bu parametr, minutiga silindr diskning necha marotaba aylanishini ko‘rsatadi. Bu parametr qanchalik katta bo‘lsa, diskdan ma’lumotlarning o‘qish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Hozirda bu aylanish mintiga 7200, 10000 marotabadir.
  • Buffer xotirasi. Operativ xotiradan kelayotgan ma’lumotlarni qattiq diskka yozishdan oldin buffer xotiraga tashlanadi va navbat kelganida qattiq diskga yoziladi. Buffer xotira qanchalik katta bo‘lsa, axborotlarni saqlash tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Odatda bu xotira 8, 16 megabayt atrofida bo‘ladi.

Har bir kompyuteri mavjud inson, qattiq diskga oid quyidagilarni bilish zarur:

  1. HDD – axborotlarni saqlash uchun juda murakkab jihoz;
  2. qattiq disk doimiy ishlashiga hech kim kafolat bermaydi, istalgan payt ishdan chiqib qolishi mumkin, shuning uchun har doim ma’lumotlaringizni nusxasini olib qo‘ying;
  3. vinchesterni kompyuterdan olib, qo‘lda biror joyga olib borish tavsiya; qilinmaydi. Bu jihoz vibratsiyaga va nurlanishlarga sezgir hisoblanadi;
  4. vinchesterni ekspluatatsiya qilish hammaga ham emas, agar siz radiodetallar bilan ishlagan bo‘lsangiz ham. Bu juda murakkab jarayon va tavsiya qilinmaydi;
  5. xavsizlik jihatidan, axborotlarni vinchesterda saqlash ketma-ketligida oxirgi o‘rinlardan birida turadi: miya, qog‘oz, vinchester.

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

//graizoah.com/afu.php?zoneid=3533297