Hosting nima? | Teacheruzb.uz

Hosting nima?

Hozirda turli xildagi internet saytlari mavjud bu saytlar qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Sayt va unga bog‘liq fayllar (rasm, video, boshqa yuklab olinadigan fayllar) uchun ma’lum hajmda joy olish kerak. Masalan, 100 MB dan bir necha ….GB gacha bo‘lishi ham mumkin. Sizni saytingiz uchun joy ajratib beruvchi xizmat turiga “hosting” deb ataladi. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan olish ham mumkin, yoki ularni boshqa-boshqa kompaniyalardan ham olish mumkin.
Saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali saytlarning ishlashini ta’minlaydi. Hosting beruvchi kompaniyalar bir vaqtning o‘zida yuzdan ortiq saytlarni o‘zida saqlagan bo‘lishi mumkin.
Siz internetga ulanib biror saytni ochish uchun kerakli manzilni terganingizda, dastlab, DNS (Domain Name Server) bilan bog‘lanasiz. Keyin esa, DNS server tomonidan domen (sayt nomi) haqida malumot tekshiriladi. Masalan www.qalam.uz nomli manzilni ochganingizda, dastlab DNS server orqali qalam.uz nomi haqiqatdan mavjudligi va qaysi hostingda joylashgani haqida ma’lumot olinadi, keyin ana shu hosting bilan bog‘lanadi va saytga oid fayllar sizga ko‘rsatiladi. Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadi.
Quyidagi rasmlarda saytga kirish uchun sodir bo‘ladigan jarayonlar tasvirlangan.

Bunda,
DNS – domain name server (domenlar haqida malumotni saqlovchi server)
user – foydalanuvchi;
webserver – sayt va uning fayllarini saqlovchi hosting.
browser – saytni ochish dasturi (opera, mozilla, xrome);

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

//graizoah.com/afu.php?zoneid=3533297