Marshrutizatoralr (ROUTERLAR). | Teacheruzb.uz

Marshrutizatoralr (ROUTERLAR).

Marshrutizator yoki router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-biri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida bo’ladi.

Dastur ko’rinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga o’rnatilgan va unga ikkita turli tarmoq ulangan bo’ladi. Bu ko’rinishdagi marshrutizator bizdan ortiqcha mablag’ talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni har doim ham yoqig’ holatda saqlab bo’lmaydi. Shuning uchun ham qurilma ko’rinishidagi routerlar afzaldir.

Eng sodda routerda, kamida  2  ta  port  mavjud  bo’ladi.  Biri WAN port  hisoblansa,  ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub tarmoq –xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernettexnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi.

Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga ko’payib bormoqda.Cisco, Tp-link, D-link, Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va boshqalar shular jumlasidandir.

Endi    routerning    ishlash    prinsipini    ko’rib    chiqsak.    Siz     honadoningizga o’rnatadigan ADSLmodemlar ham router hisoblanadi. Bu modemlar ko’pi bilan 8 Mbit/s tezlikni ko’tarib bera oladi. Ammo hozirgi abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni ko’tarmaydi.

Boshqariladigan routerlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog’lab beradi, balki sizning lokal tarmog’ingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda tarmoq ekrani –firewalllar mavjud bo’lib, ular yordamida sizning tarmog’ingizga ruhsatlarni berishi mumkin.

Shu bilan birga router sotib olayotganingizda, uning Wi-fi router ekanligiga e’tibor bering. Chunki honadoningizda wi-fi bilan ishlay oladigan qurilmalar mavjudligi yoki bo’lmasam kelajakda albatta sotib olishingiz mumkinligini inobatga oling.

Router marshrutizasiya  jadvaliga  asoslangan  holda  ishlaydi.  U  ikki  hil  ko’rinishda  bo’ladi: dinamik marshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi.

Vaqti-vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida quradi. Ammo bu routerni ko’proq ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik jihatda ham mukammal deb bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat qiladi.

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

//graizoah.com/afu.php?zoneid=3533297