Raqamli videosignallarni uzatuvchi raz’yom — DVI | Teacheruzb.uz

Raqamli videosignallarni uzatuvchi raz’yom — DVI

DVI(Digital Visual Interface, raqamli interfeys) – raqamli signal ko‘rinishidagi videotasvirlarni ekranga chiqaruvchi qurilmalarga(televizorlar, proyektorlar, LCD monitorlar) uzatib beruvchi interfeys hisoblanadi.

Bu raz’yom raqamli formatdagi DVD disklar yaratilgandan so‘ng, 1999 yil Digital Display Working Group(DDWG) tashkiloti tomonidan yaratilib, tadbiq qilingan. Bu tashkilotga gigant firmalar(Compaq, Intel, Fujitsu, HP, IBM, NEC, Silicon Image) a’zo bo‘lishdi.

Bu raz’yomni yaratilishdan maqsad, analog ko‘rinishidagi signallarni uzoq masofalarga jo‘natishda signalda buzilishlar sodir bo‘ladi va signal kuchsiz va buzilgan holda bo‘ladi. Bu degani jo‘natilgan video tasvirlarning aniqligi kamayib, hiralashgan tasvirlar manzilga yetib boradi. Shu kamchilikni oldini olish maqsadida, raqamli signallar bilan ishlash maqsadga muvofiq bo‘ldi va raqamli signallar bilan ishlaydigan raz’yomlar yaratilindi.

DVI raz’yemini ishlash prinsipini Silicon Image kompaniyasi ishlab chiqgan bo‘lib, ma’lumotlarni ketma-ket uzatish texnologiyasi(PanelLink) asosiga qurilgan. DVI raz’yomli kabel 4 ta vitaya paradan tashkil topgan bo‘lib, har biri alohida ranglarni uzatadi(RGB); qizil, yashil va ko‘k. To‘rtinchi vitaya para esa signallarni sinxronizatsiya(takt chastota signali) qilish uchun ishlatiladi.

Universallikni saqlash maqsadida, DVI porti bir necha tiplarga bo‘linadi:

DVI –A(Analog) — faqat analog signallarni yuborish uchun.
DVI – I(Integrated) — analog va raqamli signallarni jo‘natish uchun. DVI – D(Digital) – faqat raqamli signallarni uzatish uchun.

bu tiplar orqali analog raz’yomli VGA(VGA haqida o‘qish) portlarni raqamli raz’yomli(DVI) porlarga “переходник”lar orqali ulash imkoni yaratildi.

Undan tashqari bu raz’yom 2 xil rejimda ishlaydi: Single link(yakka rejim), Dual Link(ikkilangan rejim). Bu rejimlarning asosiy farqi uzatish chastotasidadir. Single Linkda maksimal uzatish chastotasi 165MGts bo‘lsa, Dual Linkda kabel tuzilishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu degani Dual orqali signallarni uzoq masofalarga va yuqori aniqlikda uzatish mumkin bo‘ladi. Agar raqamli televizorigizni

Single link rejimli DVI kabel orqali ulasangiz va aniqlik darajasi sizni qoniqtirmasa yoki ranglar nuqta- nuqta ko‘rinishida tovlansa, kabelingizni Dual Link rejimida ishlaydigan kabelga almashtirib ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Dual Linkda ranglarni uzatuvchi vitaya paralar ikkilangan(ikkita vitaya para bitta rang uchun) ko‘rinishda bo‘ladi.

Bu raz’yom orqali katta tezliklarga erishish uchun, TMDS(Transition Minimized Differential Signaling) nomli kodlash metodidan foydalaniladi. Ma’lumotlar jo‘natish tomonda signallarni kodlash uchun TMDS transmitterian foydalaniladi, qabul qilish tomonda esa RGB signallar hosil qilinadi. Undan tashqari HDMI(HDMI haqida o‘qish) raz’yomda bo‘lgani kabi, DVI raz’yomida ham HDCP(High- bandwidth Digital Content Protection) texnologiyasi mavjud. Bu texnologiya maxfiy ma’lumotlarni ko‘chirish imkonini bermaydi, oddiy ma’lumotlarni ko‘chirishda esa hech qanday to‘siq bo‘lmaydi.

DVI raz’yomi orqali Full HD tipidagi(razresheniya) video signallarni jo‘natish mumkin. Full HD tipi 1980×1080 ko‘rinishga ega bo‘lib, razyom orqali 60 Gts chastotada jo‘natilishi mumkin. Bu tipdagi signalni jo‘natishda bitta shart mavjud bo‘lib, bu kabel uzunligidir, uzunlik 5 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Agar kabel uzunligi 5 metrdan katta bo‘lsa, video signalnining aniqlik darajasi kamayadi. DVI raz’yomining asosiy kamchiligi ham shundadir, tasvirning aniqlik darajasi kabel uzunligiga bog‘liqdir.

HDMI raz’yomidan DVI raz’yomini farqi shundaki, DVI raz’yomi orqali tovush signallarini jo‘natib bo‘lmaydi, buning uchun alohida “переходник’lardan foydalanish zarur. HDMI raz’yomida esa tovush signallari uchun alohida kanal mavjuddir.

About the Author: Sheraliyev Shaxzod

You might like

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *